Asosiy mazmunga oʻtish

"Dinamo" "Navbahor"dan ijraga futbolchi oldi

Bekzod Isayev
Izohlar: 2

Bahodir Nasimov ijara asosida «Dinamo»ga o‘tdi

Superliga ikkinchi davrasiga Chimyon tog‘li hududida tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi o‘z tarkibini yanada kuchaytirishga intilmoqda.

Birinchi davrani “Navbahor” jamoasi safida o‘tkazgan hujumchi Bahodir Nasimov “Dinamo” klubiga qaytdi. 32 yoshli forvard shartnomani uzaytirish huquqi bilan “Navbahor”dan ijaraga olindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand futboli tarbiyalanuvchisi bo‘lmish Bahodir Nasimov 2009 yilda 22 yoshida “Dinamo”dan Rossiyaning “Rubin” klubi safiga o‘tgan edi. Oradan 10 yil o‘tib, Rossiya Premer-Ligasi, Ozarbayjon, Eron, Janubiy Koreya chempionatlarida to‘p surib, shuningdek “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Navbahor” klublarida ham faoliyat ko‘rsatdi va kuni kecha “Dinamo” klubi bilan kelishuvga erishdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q