"Dinamo" oʻrtoqlik oʻyinida "Xorazm"ni yengdi

  • 12.01.2026 16:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Bugun, 12 yanvar kuni «Dinamo» jamoasi Toshkentda «Xorazm»ga qarshi nazorat bahsini o‘tkazdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Azizbek Amonovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi, jamoalar tanaffusga durang hisob bilan chiqishdi – 0:0.

Ikkinchi bo‘limda esa Vadim Abramov boshqa tarkibni sinab ko‘rdi va 50-daqiqada ko‘rikda bo‘lgan bolgariyalik 24 yoshli vinger Giorgi Babalievning uzatmasidan keyin Mirjahon Miraҳmadov hisobni ochdi – 1:0. 

57-daqiqada esa Babalievning o‘zi kuchli zarbasi bilan chiroyli golga mualliflik qildi – 2:0.

84-daqiqaga kelib, urganchliklar Danila Eжovning goli bilan hisobni qisqartirishdi – 2:1.

90-daqiqada esa Babaliev boshlagan hujumdan keyin Miraҳmadovning darvozaga bosh bilan yo‘llagan zarbasi to‘singa tegdi, qaytgan to‘pni Xalilov darvozaga yo‘lladi – 3:1

«Dinamo» - «Xorazm» - 3:1
Gollar: Mirjahon Miraҳmadov 50, Giorgi Babaliev 56, Xislat Xalilov 90 – Danila Eжov 84.
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin, Uluғbek Abdullaev, Jaloliddin Jumaboev, Jahongir O‘rozov, Sanjar Qodirqulov, Dramane Salou, Nurullo To‘xtasinov, Rasul Yo‘ldoshev, Azizbek Amonov, Anvarjon Hoжimirzaev, Uluғbek Hoшimov.
2-bo‘limdagi tarkib: Edem Nemanov, Artyom Kolobov, Jaloliddin Jumaboev (Sanjar Qodirqulov, 76), Maqsudxo‘ja A’loxо‘jaev, Giorgi Babaliev, Fozil Zokirov, Oybek Hamroqulov, Xislat Xalilov, Firdavs Abdurahmonov (Abdulahad Hoшimov, 70), Behruzbek Obloqulov, Mirjahon Miraҳmadov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!