
"Dinamo" Qirg‘izistonda bitta raqib bilan uchinchi marta o‘ynadi
«Dinamo» jamoasi Superliga 2-davrasiga tayyorgarlik doirasida Qirg‘izistonda o‘tkazayotgan yig‘inda uchinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Issiqko‘ldagi navbatdagi bahsda ham Vadim Abramov shogirdlari Qirg‘iziston chempionati vakili «OshMU Aldier» jamoasiga qarshi saf tortdi. O‘yinda Kojo Joelning dubli, Anvarjon Hojimirzaev va Abubakr Muydinovning goli «Dinamo»ga yirik g‘alaba keltirdi – 4:0. «Dinamo» ertaga, 22 iyul kuni yurtimizga qaytadi. Avvalgi ikki bahsda ham "Dinamo" 5:2 va 1:0 hisoblarida g‘alaba qozongandi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. Issiqko‘l.
21 iyul (shanba)
«OshMU Aldier» (Qirg‘iziston) – «Dinamo» - 0:4
Gollar: Anvarjon Hojimirzaev 10, Kojo Joel 58, 67, Abubakr Muydinov 87 penaltidan.
«Dinamo»: F.Rahmatov, D.Miyich, M.Tursunov, U.Abdullaev, V.Oqbo‘taev, X.Xalilov, D.Temirov, Sh.Qodirov, Ratino, A.Hojimirzaev, K.Joel.
Zaxiradan maydonga tushganlar: R.Yagudin, F.Narx, S.Shoahmedov, H.Iminov, A.Muydinov, K.Sharofutdinov.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar