«Dinamo» sobiq futbolchisi jamoaga qaytdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Dinamo» jamoasi yangi mavsum oldidan o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Muborakning «Mash’al» klubida o‘tkazgan Sardor Eminov bir yillik oraliqdan keyin «Dinamo» jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Eminov 2020 yilda muborakliklar safida Superligada 12ta o‘yinda maydonga tushdi.

«Dinamo» klubi 33 yoshli yarim himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Sardor 2019 yilda ham «Dinamo» safida 21 o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» jamoasi Hakim Fuzaylov murabbiyligida kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Jismoniy tayyorgarliklar «Olimpiya» stadioni zalida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, mashg‘ulotlar Charxin va Samarqand tumanidagi BO‘SM maydonida o‘tkazilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!