
"Dinamo" ukrainalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
Oleksandr Kucherenko – "Dinamo" futbolchisi.
Superliga-2025 mavsumi oldidan tarkibini kuchaytirayotgan "Dinamo" jamoasi navbatdagi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
Ukrainalik legioner Oleksandr Kucherenko "Dinamo" jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Tajribali markaziy himoyachi yakunlangan mavsumning ikkinchi davrasini Bekobodning "Metallurg" klubi safida o‘tkazib, Superligada 13 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgandi. U Samarqand jamoasi safiga erkin agent sifatida qo‘shilmoqda.
Kucherenko faoliyati davomida Ukrainaning "Veres", "Ingulets", "Volin", Moldovaning "Nistru" va "Veris" klublarida ham harakat qilib, Ukraina Premer-ligasi, Moldova Superligasi va Evropa ligasida ham o‘yinlar o‘tkazgan.
Fikrlar