
"Dinamo" yana bir yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Superliga ikkinchi davrasi oldidan «Dinamo» jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Samarqand jamoasi tarkibiga 24 yoshli hujumchi Shohrux Mahmudhojiev taklif etildi.
«Paxtakor» klubi tarbiyalanuvchisi 2018-2019 yillar Toshkent klubi sharafini himoya qilgan bo‘lsa, 2020-2021 yillar «Navbahor» klubida to‘p surdi. Joriy mavsum avvalida esa Tojikistonning «Xo‘jand» klubi sharafini himoya qilib, OFK kubogida to‘p surdi.
Birinchi davradan keyin Tojikiston vitse-chempioni safini tark etgan Shohrux Mahmudhojiev «Dinamo» bilan 2022 yil oxiriga qadar shartnoma imzoladi. 24 yoshli forvard «Dinamo»ning Chirchiqdagi mashg‘ulotlariga qo‘shildi.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar