
"Dinamo"ni peshqadamga aylantirgan o‘yindan keyin Hakim Fuzaylov qanday fikr bildirdi?
Pro liganing 14-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" - "Dinamo" (0:1) uchrashuvidan keyin samarqandliklar ustozi Hakim Fuzaylov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Oldin ham, hozir ham aytaman: bu yil pro-ligada kuchsiz jamoa yo‘q. Oddiy o‘yinlar bo‘lmayapti. Bunday issiq havo va oradagi katta tanaffusdan so‘ng o‘yin qiyin kechishi oldindan ma’lum edi. Boisi, futbolchilarda o‘yin amaliyoti yo‘q. O‘yindan-o‘yinga hammasini yaxshilab borishga harakat qilamiz.
"Sho‘rtan" bosh murabbiyi Asror Aliqulovni juda yaxshi bilaman. Futbolchilik paytida ajoyib o‘yinlar o‘tkazgan. U yoshlar bilan a’lo darajada ishlamoqda. Raqib safidagi yosh futbolchilar "Sho‘rtan"ning kelajagi hisoblanadi.
Timur Hakimovni bunday issiq havoda ilk daqiqalardan maydonga tushirish xato bo‘lardi. U istalgan paytda o‘yinni kuchaytara olardi. Timurga shunday vazifa berilgandi”, - deydi Hakim Qayumovich.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar