Diomandening “Real”ga transferi nega kechikayapti?

  • 03.08.2026 11:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«RB Leyptsig» vingeri Yan Diomande «Real Madrid»ga o‘tishi kutilganidan ko‘ra ko‘proq cho‘zilmoqda. Sabab – futbolchining hozirgi va sobiq agentlari o‘rtasidagi mojaro.

Kot-d’Ivuar terma jamoasi o‘yinchisining ishlari bilan avval shug‘ullangan Maxidel Management kompaniyasi FIFAgа rasmiy shikoyat arizasi kiritdi. Unga ko‘ra, hozir futbolchi manfaatlarini himoya qilayotgan Roc Nation agentligi shartnomani buzgani, shu bilan birga «Real Madrid» bilan muzokaralarda qonuniy cheklovlarni chetlab o‘tayotgani iddao qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Diomandega umumiy bitim shartlari va miqdori aniqlashtirilguncha vaqtinchalik litsenziya berilishi mumkin. Har ikki klub ham jarayonning maksimal darajada ochiq va shaffof bo‘lishidan manfaatdor, chunki haq to‘lovlarini noto‘g‘ri agentlikka o‘tkazish moliyaviy jarimalarga olib kelishi ehtimoli bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!