Diyor Imomxo‘jaev: Abramovga na shaxs na inson sifatida ishonmayman. U tayyor etishib turgan "lola"larga gulni uzadigan bog‘bon bo‘lib keldi

  • 22 iyun, 2021, 06:05
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Futbol TV" telekanalida "Offside" loyihasi doimiy efirga uzatilib kelinadi. Ko‘rsatuvning navbatdagi sonida O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev mehmon bo‘ldi. Dastur davomida Imomxo‘jaev Vadim Abramovning terma jamoa va "Bunyodkor"dagi faoliyati, qolaversa, futbolimizdagi kamchiliklar haqida gapirdi.

Tecno

– O‘zbekiston terma jamoasini keyingi bosqichga chiqa olmasligini oldindan bilganmidingiz yoki bu borada taxmin qilganmidingiz?

– To‘g‘risini aytaman, taxmin bo‘lgan. Oldindan bilishning iloji yo‘q. Bir daqiqadan so‘ng nima bo‘lishini bilmaysiz. Lekin menda ichki xavotir Abramov tayinlanganidan boshlangan. O‘sha-o‘sha haligacha bor. Shuning uchun kutilmagan, olamshumul, "voy-dod" deydigan narsa bo‘lmadi, men uchun.

– Xorijlik mutaxassisning ketishi va uning o‘rniga Abramovning qo‘yilishini to‘g‘ri, deb o‘ylaysizmi?

– Ko‘pchilik bizga hujumkor futbol yarashadi, deb aytadi. Menga ham yoqadi hujumkorlik, zo‘r. Mana, misol uchun kecha bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziev hujumkor boks namoyish etdi va bitta zarba qo‘yib yuborganidan keyin nokautga tushib qoldi. Futbol ham deyarli shunday narsa. Unda urishni bilgan odam kaltak eyishni ham bilishi kerak. Saudiya Arabistoni ikkita o‘yin bilan Kuperning falsafasi to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Toshkentga kelib 3ta urdi, o‘zining Ar-Riyodida ham shuncha gol kiritdi. Faqat gol urishni bilishimiz, oldingi chiziq va yarim himoyaga ishongan bilan ish bitmasligini hamma biladi. Shuning uchun Kuper ishni himoyani to‘g‘rilashdan boshlayotgandi. Bizning "avariyniy" holatimiz himoyada ekanligini u bilardi. Jahon chempionati yo‘lidagi bizning potentsial raqiblarimiz: Yaponiya, Avstraliya, Eron, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya bilan hujumkor o‘ynay olamizmi? Ular bilan hujumkor o‘ynashga juda ham qiynalamiz. Oddiy misol, Koreyaning eng yaxshi futbolchilari Angliya, Ispaniya yoki Italiyada o‘ynaydi. Bizning termadagi o‘yinchilarimiz esa Koreyaning birinchi ligasida harakat qiladi. Ularni erga urmasdan aytmoqchiman-ki, salohiyatimiz shu darajada bo‘lgandan keyin qanday qilib hujumkor o‘ynaymiz. Himoyani unutmasligimiz kerak edi. Abramov himoyalanishni biladigan murabbiy emas. O‘zbekistonni ikki marta Olimpiadadan mosuvo qilganda, klublarda ishlaganda 6talab gollar o‘tkazib yuborganda u buni bir necha bor isbotlab bo‘lgan. U haqiqiy "avantyurist" murabbiy. Shuning uchun men unga hech qachon na shaxs sifatida, na murabbiy sifatida ishonganman. Bunday odamga ishonmayman ham.

– Kuper ketganidan so‘ng uning o‘rniga Karlenovichdan boshqa nomzodlar ham bormidi? Abramovning tayinlainishi "Bunyodkor"ni tubdan olib chiqqani bilan bog‘liqmi?

– "Bunyodkor" qachon tubga tushib ketgandi? Men futbol olamidagi odamman. Akademiyasi, tayyor kadrlari bor, bolalari doim etishib turadigan klubni kim tubga tushirib yubordi? Tushunmayman, Abramov nimasini olib chiqdi. U tayyor etishib turgan, o‘sib turgan "lola"larga gulni uzadigan bog‘bon bo‘lib keldi. "Bunyodkor" va "Nasaf"ni yo‘nalishi bitta, juda o‘yinchisiz qolib ketgan taqdirda ham, bir chekkada qurol saqlanadigan ombori bor. Ya’ni, futbolchi chiqib turadi. U o‘yinchilar bilan Superligadan tushib ketmaslik haqida o‘ylasa bo‘ladi, hattoki. Abramov o‘sha jamoaga keldi va tayyor futbolchilarni o‘ynatdi. Bu tubdan olib chiqish emas. Uning "Neftchi"da qanday ishlagani yaxshi eslayman. Farg‘onalik muxlislar ham eslasa kerak. "Lokomotiv"da ishlagani ham yodimda. Klub miqyosida nima olamshumul ish qildi? Balki o‘sha vaqtda "Bunyodkor"ga boshqa mutaxassis kelganda, undan ham yaxshiroq ishlashi mumkin edi. "Andijon"ga borib ishlasinda, 4-5 o‘rinni egallasin yoki "Buxoro"ni Superligaga olib chiqsin. Shunda tubdan olib chiqdi deyish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
22/06/2021 15:15
Диер рахмат хечдан кура хеч!Абрамов уз нуткида Яман,Сингапурни ютдик дегани, биз олдин хам ютганмиз, манимча Абрамов 2 та епик уйинда кандай килиб ютказишни уйлаб килган булса керак!
&
Ашуров Бахтийор
22/06/2021 07:20
Диёр ҳақ!!!
&
Хидоятов Гулом
22/06/2021 08:14
Диер мард экан .хамма журналистларимиз хам гапиролмай турибди хозир куркиб
&
Барс-77
22/06/2021 08:05
Диёр Имомхужаевни шархловчилик вактидан кузатаман. Иймонли халол йигит,дангал гапиради.МТЖ даги уша коррупция, нохакликларга Диерни умуман алокаси йук.У хам биз каби Узбекистонни ЖЧ куришни жудаям хохлаганди.
Baxil Alihuja
22/06/2021 19:03
Хохлаб, огзини очиб ётишдан нима фойда? Ваколати бор, Шу гапини Абрамов тайинланиши олдидан гапирса буларди-ку? Хозирги ишида хам, бирон фойдаси тегаётгани йук! Диёр Хожибой Тожибоев айтганидек, "борма куясан" деб ичида уйлаб утирганди. Энди шундай деб уйлагандим деб, узини оклаяпди! Аввал каёкда ухлаб ётувдинг дейдиган мард ЙУК.
&
Murod1982
23/06/2021 01:15
Биринчи булиб узингни кетгазиш керак, Купер кетишига нега караб турдинг?
Ilhomjon Feyz
22/06/2021 16:42
Диёр биламан санлар имомхўжаевлар оилавий миржалол қосимовга сиғинасанлар. Хақиқатни айтадиган инсонни федерацияда ёқтирмайсанлар, шундай йўл билан футболдан узоқлаштираслар. Миржалол 2 матта жч қолдирворган, санлар ўшандаям орқасига кириб юровурлариг. Санам 2 кўтсан диёр. журналист диёр хозирги диёр бошқа бошқа.