
Diyor Imomxo‘jaev: Ayni vaqtda PFLni o‘ylantirayotgan faqat bir jihat bor
PFL bosh direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosa Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida yangi mavsum taqvimi muhokamada ekanligini bildibdi.
- PFL Superliganing 2020 yilgi taqvimini ishlab chiqqandi. Kecha — 27 dekabr kuni O‘FA rahbariyati hamda Terma jamoalar bo‘limi vakillari ishtirokida taqvim masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Taqvim masalasidagi uchrashuvning eng yoqimli tomoni — undagi tortishuvlardir. Qarama-qarshilik sog‘lom ruhda o‘tdi, Aziz Haydarov va Vadim Abramov o‘z pozitsiyasini himoya qildi, PFL esa o‘zinikini. O‘FA rahbariyati bunda bir taraf bo‘lmadi, ikki tomon asoslarini eshitdi. Fikrlar qarama-qarshiligi bilan kechgan uchrashuv yakunida bir to‘xtamga kelindi. Biroq bu hali hammasi emas. PFL endilikda Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klublar murabbiylari bilan stol atrofiga o‘tiradi va taqvimni himoya qiladi. Maqsad — 2020 yilgi mavsum davomida tur uchrashuvlarida o‘zgarishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Ayni vaqtda PFLni o‘ylantirayotgan faqat bir jihat bor. Bu haqda Tailandda o‘tadigan Osiyo chempionati U-23’dan keyin to‘xtalamiz, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar