Diyor Imomxo‘jaev: Biz bugun qo‘shnilarimiz uchun xursandmiz, ammo...

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zPFL direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev OChL 4-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Istiqlol" - "Al-Hilol" (4:1) bahsi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Biz bugun qo‘shnilarimiz uchun xursandmiz. Dushanbening "Istiqlol" klubi Chempionlar Ligasidagi debyut mavsumida ajoyib yurishni amalga oshiryapti.

Ochig‘i, bu unchalik ajablantirayotgani yo‘q. Chunki, "Istiqlol" bunga bosqichma-bosqich etib keldi. Ikki yil avval, Toshkentda "Lokomotiv"ning yaxshi shakllangan tarkibini bejizga mag‘lub etmagandi, bekorga AGMK darvozasiga o‘sha kuni 3 ta gol urmadi va albatta, OFK kubogida so‘nggi 5 yil ichida bekorga ikki marta finalda to‘p surmadi.

Chunki, "Istiqlol" Tojikiston milliy termasi bazasi sifatida shakllantirilgan. Mamlakat prezidentining o‘g‘li, bugungi kunda Tojikiston FA prezidenti Rustami Emomali "Istiqlol"ni yangi bosqichga olib chiqdi, deyish mumkin. Va bu 2002 yillardagi "Paxtakor"ni juda yodga solib yuboradi. Yodingizda bo‘lsa, "Paxtakor" ham Chempionlar Ligasidagi ilk yurishida yarim finalga qadar etib borgan, butun Osiyo uning o‘yinlari haqida bong urgan.

Ammo "Paxtakor"ning terma o‘zagi sifatida shakllantirilishi bizning futbolda olamshumul burilish yasamadi. Bitta yaxshi avlod etishib chiqqanini aytmasa, biz na mundialga chiqdik va na Osiyoni zabt etdik. Qaytaga milliy chempionat uzoq yillar davomida chalajon ko‘rinishga keldi, "Paxtakor" raqobatdan holi jamoaga aylanib qoldi.

Tojikiston futboliga ham bu jihat xavf solishi mumkin. Biz bugun qo‘shnilar quvonchiga sherikmiz, albatta. Va ularga biz yo‘l qo‘ygan xatolardan xulosa qilishlarini, iloji boricha ularni chetlab o‘tishga intilishlarini tilaymiz. Bugungi "Istiqlol"ning deyarli Tojikiston milliy termasi ekani mana shunday xulosamizga sabab. Hozircha esa ularga fantastik g‘alaba muborak bo‘lsin deymiz", - deb yozdi Imomxo‘jaev o‘z "Telegram" sahifasiga. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
TV TV
25/04/2021 08:18
Узбек футболи тугаган Диёрбек. Хаммаларинг биргаликда хаммаларинг улдирдинглар.
Akbarali Abdunazarov
25/04/2021 05:35
Шу судьялар кенгашига Константин Смирновга ухшаганларни бошлик килиб куйиш керак!
Akbarali Abdunazarov
25/04/2021 05:33
Нега Очлда Пахтакор уйиндан ташкари холатда гол урмайди. Яна Тошкент жамоалари Пахтакорга ердам беради! Агмк Пахтакор 0-6 бу йил 0-3 нега! АГМК бошка жамоалар билан яхши уйнайдику! Шу Бунедкор,Насаф ва Навбахор охиригача украшали, колганлар жиммммммммм!
Akbarali Abdunazarov
25/04/2021 05:28
Шу судьяларни йигиб бир телевизордан очик мулокот килинглар бир савол жавоб килайлик, катта катта вазирлар савол жавоб килаяпти булар ким булибди!
Akbarali Abdunazarov
25/04/2021 05:25
Эй Диер Сиз хурматга сазовор булган Ахбор акани набирасисиз, Варни расво килдиларинг 10 минутлаб тухтатиб яна контакт бор деб безраяди хаммаси, овма халк тушунмайди деб уйлайсизларми, Насаф Пахтакор учрашувидаку пенальти белгиланган вазиятда уйинчи майдоннинг каерида йикилди деб куриб хам утирмади.Бундан ривожланиш буладими нима керак бунча Варга пул беришни. Хакамлар булмаса контакт булмаган волейбол, теннис, шахмат, шашкага судьялик килсин!
umar musoev
28/04/2021 08:11
Istiqlol khoxlagan kamandalarin blan oynaydi
Nasaf.bunyodkor.paxtakor.AGMK.
Luboyi blan oynaydi
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
25/04/2021 09:39
Istiqlol Nasafka uhshagan. kamandalarimizga qarshi. uynatish ketak. AGMK kimga qanday bilmadim lekin aniq uyin uslubini kurmaganman shu kamandani. har safar sentrdan uzoqdan tupni oshiradi. gol bulsa gol. bulmasa yana shu urunish. Pahtakor lekin maydon buylap harakat qiladi. Taktikasi ham bor. lekin Himoyasi tezkor uyinga bardosh berolmaydi. lekin usha kuni. Erkinov va Holmatov. ikkalasi. zur uynadi hujimga ham himoyaga ham qushilib zur orqaga qaytarkan. Sardor Aziz bu davri utkan.
&
Турсун Ғани
26/04/2021 00:11
Диёрнинг гапларида жон бор. Пахтакор 2002йилги қилган ишини Истиқлол ҳозир қилаётган бўлса Тожкистон чемпионати ҳам 5-10 йил камига ўлик чемпионатга айланиб қолади 1 гегимон етакчи бор, бу қиззиқ бўлмайди кузатишни чемпионати муҳлслари учун. Мен тўғриси Пахтакор-Қурувчи-Бунёдкор чемпионатимизни 2008- 2009-2010-2011... йилги мавсумларини соғиндим. Қандай рақобат вужудга келган эди. Тошкентда ДРБЕ даҳшат бўларди МҲСК ва Паҳтакор стадионларида. Мен ҳар бир турга стадионларга тушуб баҳсларни кўрардим Одил, Сервер, Вилланува, Эдсон Рамос, Боян Младинувич, Ривалдо, Азиз ҳайдаров, Улуғбек Бақоев Шешиловлар барибир бошқача эди ўша даврлар.