Diyor Imomxo‘jaev: “Sho‘rtan” 7 yil deganda Igor Kriushenko hamda Vitaliy Vorivonchik pullarini bugun to‘lab berdi

  • 21 aprel, 2021, 02:05
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zPFL direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘z "Telegram" sahifasida "Sho‘rtan" - "Dinamo" bahsining qoldirilish sababi haqida post qoldirdi:

Tecno

"Sho‘rtan" klubi faoliyatini to‘xtatishga juda yaqin keldi. Mana shunday vaqtda PFL Samarqand klubiga talab bilan emas, taklif bilan chiqdi. "Dinamo" vaziyatni tushundi va o‘yinni qoldirishga rozi bo‘ldi. Buning uchun Hakim Fuzaylov va "Dinamo" rahbariyatiga faqat rahmat aytishimiz kerak. Buning Pro liga saviyasiga daxli yo‘q. Biz o‘zimizdan avval ishlagan shaxslarning xatolari bilan kurashishga mahkum odamlarmiz.

"Istiqlol"ning musobaqa bilan xayrlashgani ham PFL aybi emas, bu butun dunyo ligalarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat. "Dinamo"ning Farg‘onaga borib kelgan xarajatlari uchun ham PFL javob bermaydi. Chunki PFL yil avvalida reglament taqdim etgan va unda biror jamoa musobaqadan chiqib ketsa, qanday holat qo‘llanilishi aniq va tiniq yozilgan. Har bir klub shu reglamentga rozi bo‘lib, musobaqaga kirishgan.

"Sho‘rtan" 7 yil deganda Igor Kriushenko hamda Vitaliy Vorivonchik pullarini bugun to‘lab berdi. Bir necha kun ichida FIFA klubga nisbatan taqiqni olib tashlaydi. Buning oson kechmaganini faqat shu ish ichida bo‘lganlar juda yaxshi biladi. "Sho‘rtan"ning bugungi tarkibi bir tan bo‘lib, eski yaralarning deyarli hammasiga malham qo‘yib chiqdi", - deb yozadi Imomxo‘jaev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
21/04/2021 09:52
Рўзани кунида йомон гапирмай дейману лекин Дийор имом хўжаев шунга лойқ инсонда нохолис патхалин бутун Ўзбекистон масдур лекин бутун Наманган ахли жуда хам йомон кўрамиз
&
Sash
21/04/2021 05:08
Chumo pahta haqida gapir