Diyor Turopov "Lokomotiv"ni tark etishi haqida: "Sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan jamoaga o‘tishga qaror qildim"

  • 5 iyul, 2022, 09:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning “Lokomotiv” tarkibida salohiyati yuqori bo‘lgan futbolchilardan biri Diyor Turopov edi. 9 iyul kuni 28 yoshni qarshilaydigan yarim himoyachi bir necha mavsum mobaynida “temiryo‘lchilar” sharafini munosib tarzda himoya qilib keldi.

Shubhasiz, u jamoasining muhim o‘yinchilaridan biriga aylandi. Birinchi davrada Superliga doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, deyarli barcha bellashuvni to‘liq o‘tkazdi va raqiblar darvozasiga ikkita gol urdi. U gol urgan uchrashuvlarda jamoasi g‘alaba qozondi.

Qolaversa, O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidagi uchta o‘yinda ham maydonga tushdi. Bir so‘z bilan aytganda, Diyor o‘z o‘rniga ega edi. Bunday o‘yinchiga doim takliflar borligini bilardik. Birinchi davra oxirlariga yaqin u bilan gaplashganimizda yozgi transfer oynasi ochilgan mahalda bir qarorga kelishi haqida aytgandi.

Kuni kecha klub bosh murabbiyi Denis Korostichenko Turopovni “Lokomotiv”dan ketganini va “Navbahor”ga o‘tganini aytgandi. Shundan keyin vaziyatga yanada oydinlik kiritish maqsadida futbolchining o‘zi bilan bog‘landik.

- Diyorbek, avvalo "Lokomotiv"ning birinchi davradagi ishtiroki xususida so‘ramoqchiman. Natija ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Sizningcha, jamoaning kuchi etmadimi yoki...

- “Lokomotiv”ning birinchi davradagi ishtirok haqida gapiradigan bo‘lsam, jamoa o‘z o‘yinlarida faqat yomon o‘yin ko‘rsatdi, demagan bo‘lardim. Yaxshi o‘yin o‘tkazgan vaqtlari ham bo‘ldi. Faqat o‘yinlarda barqarorlik bo‘lmadi. Hujumlarni oxiriga etkazishda kamchiliklar ko‘rinib qoldi. Natija ham shunga yarasha bo‘ldi.

diyor1_1

- Birinchi davra tugagach, klubni tark etishga qaror qildingiz. Buni oldindan rejalashtirganmidingiz yoki to‘satdan yuz berdimi?

- Buning sababi shuki, men sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan jamoaga o‘tishga qaror qildim.

- Shuncha yil “Lokomotiv”da to‘p surdingiz. O‘tgan vaqt davomida bu erda nimaga erishdingiz va nima yo‘qotdingiz?

- Bilasizmi, “Lokomotiv” klubida o‘tkazgan faoliyatim davomida ko‘p narsalarga erishdim. Ulardan eng asosiysi, jamoa bilan chempion bo‘lgan davrni ayta olaman. Chempionlik tuyg‘usi qanchalik maroqli bo‘lishini his qildim.

diyor

- Takliflar orasida aynan nima uchun “Navbahor”ni tanladingiz? Masalan, chetdan ham variantlar bormidi?

- Bu yilgi chempionat qolgan yillarga qaraganda ancha qizg‘in tarzda o‘tmoqda. Ushbu intrigada ishtirok etishni xohladim va “Navbahor” jamoasini tanladim. Bu jamoada chempion bo‘lish uchun imkoniyatlar etarli. Turnir jadvalida yaxshi o‘rinda ketmoqda.

diyor3

- Rosti, “Loko” bilan biror nimaga erishishga ko‘zingiz etmadimi?

- Rostini aytsam, ha. Bu yilgi chempionatda “Lokomotiv”ni sovrinli o‘rinlar uchun kurashishiga ko‘zim etmadi, balki keyinchalik “Loko” o‘ziga kelar, buni vaqt ko‘rsatadi.

diyor23

- “Navbahor”da raqobat kuchli. O‘z o‘rningizga erishishingiz uchun yanada ko‘proq kuch va mehnat talab qilinadi. Hammasiga tayyormisiz?

- Raqobat menga yoqadi. Bu narsaga har doim tayyor bo‘lib kelganman va imkoniyatim ham etarli. Asosiysi, jamoam yutuqlariga o‘z hissamni qo‘shish va chempion bo‘lishni istayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulla Hikmatov
06/07/2022 23:26
Diyor kuchli futbolchi. Omad tilaymiz
TURDIYEV AKRAMJON
05/07/2022 12:29
Диер хуш кардик омад