
Diyora Keldiyorova: "Yaponiyada kurashishni istashmagan, lekin hozir..."
Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiadadan oltin medal bilan qaytgan dyuzdochimiz Diyora Keldiyorova "Dangal"ning navbatdagi sonida mehmon bo‘ldi. Sportchimiz Olimpiadadan oldin Yaponiyada tayyorgarlik ko‘rgani va u erda sodir bo‘lgan qiziq voqealardan birini aytib berdi.
"Sportda sizning natijangizga qarab muomala qilishlari bor narsa. Yaponiyada O‘zbekistondan kelishdi, deganda, biz bilan kurashishni istashmagan. Bir-ikki marta ularni yiqitganimizdan keyin o‘zlari oldimizga kelishni boshlashdi. Yaponlar yutqizishni yomon ko‘radigan xalq. Hozir esa bizni ko‘rsa, salomlashadi, borsak, xursand bo‘lib kutib olishadi".
To‘liq intervyuni You Tube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.
https://youtu.be/5z8-bkeaenI?si=Wz2Dal01f0Qxqc19
Fikrlar