Dmitriy Bivol: "Sevadigan ishimni bajarishni sabrsizlik bilan kutyapman”
Ahmadbek Eshmatov
Rossiyalik taniqli bokschi ringga tezroq qaytishni xohlamoqda.
Rossiyalik taniqli bokschi Dmitriy Bivol professional ringga tezroq qaytishni xohlamoqda.
“Ringni juda sog‘indim. Yana qaytib, sevadigan ishimni bajarishni sabrsizlik bilan kutyapman”, — deb yozdi Dmitriy o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Avvalroq, 9 avgust kuni Bivol operatsiya qilinganini ma’lum qilgan edi. Shifokorlarning aytishicha, to‘liq tiklanish jarayoni olti-sakkiz hafta davom etishi mumkin.
Izohlar (0)