Dmitriy Bivol vazn toifasini o‘zgartirishga tayyor bo‘lgan jang uchun raqib nomini aytdi

  • 28 iyun, 2023, 15:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik WBA chempioni Dmitriy Bivol (21-0,11KO) Jermall Charlo bilan jang qilishi uchun vaznini ham o‘zgartirishga tayyor. 

Tecno

“Keyingi jang qachon? Umid qilamanki, sentyabr yoki oktyabr oylarida. Mening vazn toifamdagi har qanday raqibga tayyorman. Jang qaerda bo‘lishi menga qiziq emas. Men hamma joyda jang qilishni yaxshi ko‘raman. Agar chempionlik uchun kurashish imkoniyati bo‘lsa, ikkinchi o‘rta vaznga tushishim mumkin. Men Jermall Charloga qarshi chiqmoqchiman, agar u “Kanelo”ni mag‘lub etsa. Aslida, birorta arzirli sabab bo‘lmasa, o‘z vazn toifamda qolishni afzal ko‘raman”, - dedi yarim og‘ir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivol.

Eslatib o‘tamiz, Saul Alvares (59-2-2,39KO) va Jermall Charlo (32-0,22KO) o‘rtasidagi jang sentyabr oyiga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!