Dominik Soboslay: “Biz hali hamon g‘alaba qozonishimizga ishonamiz”

  • 09.04.2026 19:54
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslai YEChLning chorak final bahsining birinchi oʻyinida PSJdan uchragan magʻlubiyatdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. 

"Biz uchrashuvda barcha jabhalarda magʻlub boʻldik, ammo biz javob uchrashuvi oldidan oʻz imkoniyatimizni saqlab qoldik va parijliklarning koʻproq gol urishiga yoʻl qoʻymadik. Raqibimiz kuchli, lekin bizni oldimizda yana 90 daqiqa bor. Biz hali hamon gʻalaba qozonishimizga ishonamiz. Harakatni davom ettirishimiz kerak,  Bizning vazifamiz javob oʻyinida bor kuchimizni ishga solishdir", - dedi vengriyalik futbolchi.

Maʼlumot uchun, mersisaydliklar birinchi uchrashuvda PSJga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. Bu jamoalar oʻrtasidagi javob uchrashuvi 14 aprelidan 15 aprelega oʻtar kechasi kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!