Dominikanga qarshi uchrashuvda yana bir tajribali futbolchi xizmatidan foydalanilmaydi

  • 30.07.2024 16:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi "Parij-2024" Olimpiadasi doirasida Dominikan Respublikasiga qarshi maydonga chiqadi. 

Ushbu bellashuvni Oston O‘runov o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lib ulgurgandi. Biroz avval O‘FA bergan xabarga ko‘ra, yana bir tajribali futbolchimiz Husniddin Aliqulov ham birozdan so‘ng boshlanadigan o‘yinda maydonga tushmaydi. 

Ularning o‘rnini Temur Kapadze Behruz Asqarov hamda Asadbek Rahimjonov bilan to‘ldirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!