Donnarumma PSJ muxlislari bilan xayrlashdi!
Janluiji Donnarumma rasman "Pari Sen-Jermen”ni tark etishini ma’lum qildi va muxlislarga murojaat yo‘lladi.
"Kelgan kunimdan boshlab "Pari Sen-Jermen" darvozasini himoya qilish va o‘z o‘rnimni egallash uchun maydon ichida ham, tashqarisida ham bor kuch-g‘ayratimni sarfladim.
Afsuski, kimdir meni endi jamoaning bir qismi bo‘la olmayman va uning muvaffaqiyatiga hissa qo‘sha olmayman, deb qaror qildi. Bu meni hafsalamni pir qildi va dovdiratib qo‘ydi.
Umid qilamanki, "Park de Prens"dagi muxlislarning ko‘zlariga yana bir bor qarab, ular bilan munosib tarzda xayrlashish imkoniyatim bo‘ladi. Agar bu sodir bo‘lmasa, shuni bilingki, sizning qo‘llab-quvvatlashingiz va mehringiz men uchun juda qadrli va men buni hech qachon unutmayman. Men o‘zimni uyimdagidek his qilgan barcha his-tuyg‘ularni, sehrli kechalarni va sizlarni doimo xotiramda saqlayman.
Jamoadoshlarimga - ikkinchi oilamga - har bir jang, har bir kulgi, birga o‘tkazgan har bir lahza uchun minnatdorchilik bildiraman. Sizlar men uchun hamisha birodarlarim bo‘lib qolasiz.
Bu klubda o‘ynash va bu shaharda yashash katta sharaf edi.
Rahmat senga, Parij", - deya bayonot berdi italiyalik posbon.
Ma’lumot o‘rnida, 13 avgustdan 14 avgustga o‘tar kechasi soat 00:00 da Luis Enrike boshqaruvidagi PSJ UEFA Superkubogi bahsida "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuvdan esa Donnarumma chetlashtirilgan edi.
Fikrlar