Donnarumma "San-Siro"ga qaytish haqida gapirdi

  • 24.10.2023 20:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Janluiji Donnarumma "Milan"ga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi.

PSJ Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Milan"ga qarshi o‘ynaydi.

Donnarumma Italiya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U PSJ futbolchisiga aylangunga qadar 2015 yildan 2021 yilgacha "Milan"da o‘ynagan.

“Bu hissiyotlarga boy o‘yin bo‘ladi. "Milan"ga qarshi o‘ynash - bu juda kuchli tuyg‘u. Maxsus o‘yin.

Men his-tuyg‘ularimni bir chetga surib, bor e’tiborimni o‘yinga qaratishim kerak. Bu erda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. PSJ ham xuddi Milan kabi katta oila. Men "Milan"da sakkiz yil ajoyib o‘tkazdim. Menga bergan hamma narsa uchun klubdan minnatdorman, ammo Parijda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Bu erdagi atmosfera aql bovar qilmaydi”, - dedi Donnarumma.h

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!