Donnarummaning transferi Edersonning ketishiga bog‘liq
"Manchester Siti" PSJ jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarummani transfer qilish bo‘yicha muzokaralarda sezilarli darajada oldinga qadam tashladi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, parijliklar 26 yoshli futbolchi uchun dastlabki 50 million evrolik talabini 30-35 million evrogacha pasaytirgan. Donnarumma yangi jamoaga qo‘shilishga tayyor ekanligini bildirgan.
Avvalroq xabar qilinganidek, transferning amalga oshishi "Manchester Siti"ning "Galatasaroy" bilan muzokara olib borayotgan darvozabon Edersonni qanchalik tez sotishiga bog‘liq.
Donnarumma 2021 yildan beri PSJ darvozasini himoya qilib kelgan va ushbu klub bilan bir qator sovrinlarni, jumladan Chempionlar ligasi va mamlakat chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar