
Doriev benefisiga aylangan bahsda "So‘g‘diyona" "Bunyodkor" ayab o‘tirmadi
O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda maydon egalari yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yinda Lyupche Doriev dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, yana bittasi Suhrob Izzatov nomiga avtogol yozildi. To‘rtinchi golni Nodirjon Soyibov chiroyli trazda "qaldirg‘ochlar" darvozasiga joylab qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, "bo‘rilar" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 14taga etkazib oldi. "Bunyodkor" hisobida esa hozircha 6 ochko mavjud.
Fikrlar