
Dragan Cheran Abduholiqov natijasini takrorladi
"Paxtakor" O‘zbekiston Superkubogi uchun bahsda "Nasaf" bilan kuch sinashdi. Mazkur o‘yinda toshkentliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golga "sherlar" legioneri Dragan Cheran mualliflik qildi.
Shu tariqa, Dragan ikkita Superkubok bahsida gol urgan tarixdagi 2-futbolchiga aylandi. Undan avval bu natijaga "Lokomotiv" sobiq hujumchisi Temurxo‘ja Abduholiqov erishgan.
Fikrlar