Dragan Cheran: O‘yin taqdirini 10 daqiqada hal etdik

  • 16 mart, 2019, 20:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Oxirgi 12 kun ichida juda og‘ir bo‘lgan 4ta o‘yin o‘tkazdik. Har biri farqli ravishda juda ham qiyin kechdi. Shu bois balki bugungi o‘yinni biroz og‘irroq, sekinroq boshladik. Tanaffusda biroz sovub olganimizdan keyin ikkinchi bo‘limga yaxshiroq jamoa bo‘lib chiqdik.

Tecno

10 daqiqa ichida uchta gol urdik va g‘alaba qozondik. Muxlislarga katta minnatdorchilik bildiraman. "Paxtakor"ni qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat aytaman. Ehtimol, O‘zbekistondagi faoliyatimda eng chiroyli golni urgandirman. Hujumda sherigim kim bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Ko‘rsatmalarga amal qilib, o‘zaro tushungan holda o‘ynayveramiz", - dedi Cheran.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!