
Draksler yangi mavsumni Italiyada boshlashi kutilmoqda
“Yuventus”ning hujumkor yarim himoyachisi Yulian Draksler yozgi transferlar davrida PSJni tark etishi mumkin.
Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha, 27 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga “Yuventus” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Unga ko‘ra, Draksler tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, turinliklar u bilan shartnoma imzolashga tayyor.
Draksler PSJ safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum Frantsiya chempionatida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar