Drikus dyu Plessimi yoki Xamzat Chimaev? Og‘ir vazn chempioni javob berdi

  • 13.08.2025 11:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Tom Aspinall janubiy afrikalik Drikus dyu Plessi va rossiyalik Xamzat Chimaev o‘rtasidagi bahs uchun o‘z prognozlarini bildirdi. 

"Drikusni juda ko‘p ko‘rgan bo‘lsam-da, u haqida kam narsani bilaman. Biroq bu safar ham uning yutqazishiga ishonmayman. Plessi g‘alaba qozonish yo‘lini topadi. To‘g‘ri, Xamzat ham kuchli yigit, oktagonda haqiqiy yirtqich. U har doim raqiblarini parterga tortadi va o‘sha erda barchasini hal qiladi... Lekin shunday bo‘lsa-da, oldindan bir nima deyish qiyin. Ochig‘i, bu to‘qnashuvda kim g‘olib bo‘lishini aniq aytolmayman" - dedi Aspinall "TNT Sports" ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Chimaev va dyu Plessi qarama-qarshiligi 17 avgust kuni "UFC 319" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!