"Dubai Cup". O‘zbekiston bugun mezbonlar bilan o‘ynaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi "Dubai Cup" xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.

Bugun Temur Kapadze shogirdlari turnirdagi ikkinchi uchrashuvni o‘tkazadi. Vakillarimizga mezbon BAA  yoshlari raqiblik qiladi. “The Sevens” stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, olimpiya terma jamoamiz dastlabki o‘yinda Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!