Asosiy mazmunga oʻtish

Due: "Bizning yana bir boshqa maqsadimiz bor"

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Futbolchi final oldidan nimalar dedi?

PSJ hujumchisi Dezire Due Luis Enrike jamoasini engilmas deb ataydigan odamlarning fikrlariga munosabat bildirdi.

- Bu juda yaxshi. Bu bizning maydonda ulkan ishlar qilayotganimiz va muxlislarimizni xursand qilayotganimizni anglatadi. Bizning yana bir maqsadimiz bor - o‘z futbolimiz orqali PSJga muxlislik qiladiganlarning safini ko‘paytirish. Bu ajoyib, - deya Duening so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.

13 iyul kuni klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida PSJ "Chelsi"ga qarshi o‘ynaydi. Enrike jamoasi mavsumdagi beshinchi sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin - avvalroq parijliklar Chempionlar ligasi, Frantsiya chempionati, Frantsiya kubogi va Frantsiya Superkubogini qo‘lga kiritgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q