Dunyoning eng boy futbol klubi qaysi? "Real", "Barselona" yoki "Bavariya"?

  • 7 may, 2021, 22:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dunyoga mashhur Forbes jurnali sayyoramizning eng qimmat sport klublari reytingini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, kuchli o‘nlikdan faqatgina 3 ta futbol klubi - "Barselona", "Real" va "Bavariya" joy oldi. E’tiborlisi, qolgan 7 ta klubning barchasi AQSh jamoalaridir.

Quyida ushbu reyting bilan to‘liq tanishib olishingiz mumkin:

1. "Dallas" (AQSh, amerikacha futbol) - 5,7 mlrd dollar;

2. "Yankis" (AQSh, beysbol) - 5,25 mlrd;

3. "Nyu-York" (AQSh, basketbol) - 5 mlrd;

4. "Barselona" (Ispaniya, futbol) - 4,76 mlrd;

5. "Real" (Ispaniya, futbol) - 4,75 mlrd;

6. "Golden Steyt" (AQSh, basketbol) - 4,7 mlrd;

7. "Leykers" (AQSh, basketbol) - 4,6 mlrd;

8. "Nyu-Inglend" (AQSh, amerikacha futbol) - 4,4 mlrd;

9. "Nyu-York Jayents" (AQSh, amerikacha futbol) - 4,3 mlrd;

10. "Bavariya" (Germaniya, futbol) - 4,21 mlrd.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!