Dunyoning eng qimmat darvozaboni "Chelsi"dan ketishga tayyor

  • 29 fevral, 2020, 16:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga mavsum yakunlangach jamoadan ketishi mumkin.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq “Chelsi” yozda 8 nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchiligi va ular orasida ispaniyalik futbolchi ham borligi haqida xabar berilgan edi.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” ustozi Frenk Lempard unga asosiy tarkib darvozaboni bo‘lishiga va’da bergan, ammo aksariyat o‘yinlarda uni zaxirada olib qolayotgani uchun ham “Chelsi”dan ketmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Kepa sayyoramizning eng qimmat darvozaboni hisoblanadi. “Chelsi” 25 yoshli posbonni 2018 yil “Atletik”dan 80 mln evroga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!