Dunyoning eng qimmat tarkibga ega klublari nomi e’lon qilindi

  • 16.03.2020 16:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 4
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

CIES Football Observatory tadqiqot markazi sayyoramizdagi eng qimmat tarkibga ega klublar reytingini e’lon qildi.

Ushbu tadqiqot markazi har bir klubning eng qimmat 20 ta futbolchisini hisobga olgan holda ro‘yxatni shakllantirgan.

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasida "Liverpul" joy olgan. Ushbu jamoa tarkibi taxminan 1,405 milliard evroga baholanmoqda. Kuchli uchlikdan esa "Manchester Siti" (1,361 mlrd) va "Barselona" (1,17) klublari joy olishgan.

Quyida reytingning kuchli o‘nligi bilan tanishib olishingiz mumkin:

1. "Liverpul" Angliya  - 1,405 mlrd

2. "Manchester Siti" Angliya - 1,361

3. "Barselona" Ispaniya - 1,17

4. "Real" Ispaniya - 1,1

5. "Chelsi" Angliya - 1,008

6. "Manchester Yunayted" Angliya - 1,007

7. PSJ Frantsiya - 0,979

8. "Atletiko" Ispaniya - 0,836

9. "Tottenxem" Angliya - 0,787

10. "Yuventus" Italiya - 0,783.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abdurasul Pirxonov
17/03/2020 00:15
Бир ойда 5 марта юткизган жамоа киммат таркиб
Bek Mahdiy
16/03/2020 19:59
KUCHLI 10 LIKDA BAVARIYAGA JOY TOPILMADIMI USHA 5ORINDAGI CHELSINI SAFARDA YUTKANKU
Sobir Muhammad
16/03/2020 22:12
Bu yerda yutish emas, klubdegi o'yinchilar transfer narxlarini umumiy qiymati keltirilgan
Maqsudbek Otojonov
16/03/2020 17:04
qoyil chelsea 5 - o'rinda