Dunyoning eng zo‘r futbolchisi "Real"ga o‘tmoqchi emas

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yaqin vaqtlar ichida jamoani tark etishni rejalashtirmayotgani haqida ta’kidlab o‘tdi.

"Men Parijda qolmoqchiman va bu loyihaning bir qismiga aylanishni xohlayman. Yangi mavsumda ham PSJda to‘p surib, jamoa muxlislari uchun unvonlar yutib bermoqchiman.

PSJdagi yangi mavsumim to‘rtinchisi bo‘ladi, bu o‘ta muhim mavsum. Chunki klubning 50 yillik bayramiga muxlislarga sovg‘a sifatida o‘zimizni yaxshiroq ko‘rsatib, unvon yutish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak", - deydi Mbappe.

"Real" 2021 yil yozida Mbappeni tekinga qo‘lga kiritmoqchiligi xabar qilingan edi. PSJ va Mbappe o‘rtasida kelishuv keyingi mavsum oxirida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!