Dunyoning sobiq birinchi raqamli raketkasi Olimpiadada ishtirok etmasligi mumkin

  • 12 iyun, 2024, 16:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Gap shundaki, britaniyalik tennischi ikki karra Olimpiada o‘yinlari oltin medali soxibi Endi Marrey "Parij-2024" Olimpiada o‘yinlarida qatnashmasligi mumkin. Marrey juftlik bahslarida ishtirok eta olmasa, Olimpiadadan voz kechishi mumkinligini aytdi. 

Tecno

Kecha 11 iyun kuni britaniyalik sportchi Shtutgart shaxrida bo‘lib o‘tgan turnirning birinchi davrasida amerikalik Markos Jironga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Marrey reyting bo‘yicha Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmaydi. Biroq yakkalik bahslarida "Katta Dubulg‘a" g‘olibi va o‘tgan Olimpiya chempioni sifatida "Wild Card" olish huquqiga ega. 

Juftliklar bahsida Buyuk Britaniya terma jamoasi Jo Solsberi - Nil Skupski juftligiga imkoniyat bermoqchi.

“Men juftliklar bilan vaziyat qanday kechayotgani va yakkalik bahslariga kirsam, o‘ynaymanmi yoki yo‘qmi, hali 100 foiz  amin emasman. Men xozir tanam bilan bog‘liq muammolarni his qilyapman. Bel qismimda bir qancha muammolar bor edi. Shuning uchun, faqat yakkalik musobaqalarida qatnashishim haqida biror narsa deya olmayman”, -  dedi Marrey Shtutgartda bo‘lib o‘tadigan turnir oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Sobiq dunyoning birinchi raqamli tennischisi Marrey yakkalik bahslarida qatorasiga to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. "Rolan Garros"da Endi Daniel Evans bilan juftlik turnirida o‘ynadi.  Britaniyaliklar birinchi bosqichda mag‘lub bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!