Dushan Vlahovich "Chelsi"ga o'tishi mumkin — London klubi qiziqish bildirmoqda

  • 28.05.2026 01:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" hujumchisi Dušan Vlahovič Angliya Premier-ligasiga ko‘chishi mumkin. "Corriere dello Sport" xabariga ko‘ra, Londonning "Chelsi" klubi serbiyalik futbolchini transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Futbolchi kecha, 26 may kuni Londondagi mehmonxonalardan birida ko‘rilgani aytilib, bu uning ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi.

Vlahovič 2022 yilda "Fiorentina"dan "Yuventus"ga 85 million yevro evaziga o‘tgan. Uning shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumda u barcha musobaqalarda 23 o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!