Dyokeresh ikki grand klubning taklifini rad etdi

  • 25 iyun, 13:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shvetsiyalik taniqli hujumchi Viktor Dyokeresh kelajak faoliyati borasida aniq qarorga keldi. Jurnalist Sebasten Vidalning xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" va "Yuventus"ning takliflarini rad etdi. Uning eng ustuvor maqsadi — faoliyatini Londonning "Arsenal" jamoasida davom ettirish.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, Dyokeresh shu yozda "kanonirlar" safiga o‘tishni o‘zining asosiy maqsadi sifatida belgilagan. Avvalroq u "Sporting" prezidenti bilan uchrashib, jamoani tark etmoqchi ekanini bildirgani haqida ma’lumotlar tarqalgandi.

2024/25 yilgi mavsumda Dyokeresh ajoyib formada bo‘lib, 52 o‘yinda 54 ta gol va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor bahosi 75 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!