Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo

Dzyudo. Hamyurtlarimiz Yevropa Kubogida ikkinchi o‘rinni egalladi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Lyubljana shahri mezbonlik qilgan Yevropa Kubogi yakunlandi

Sloveniya poytahti Lyublyana shahri mezbonlik qilgan Yevropa Kubogi yakunlandi. 

Nufuzli musobaqaning ikkinchi kuni dzyudochilarimizdan Alisher Samanov (-90 kg) va Muhammadali Tangriev bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Shu tariqa, Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Yevropa Kubogini 2 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan 44 davlat orasida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda yakunladi. 

Birinchi kungi bellashuvlarda Samariddin Qo‘chqorov (-60 kg) va Dilshod Hamroev (-66 kg) chempionlik sho‘hsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Elbek Tojiev (-73 kg) bronza medali bilan taqdirlangandi. Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q