Dzyudo. "Katta dubulg‘a" turnirida 2 ta medal qo‘lga kiritildi!

  • 4 iyun, 2022, 08:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Tbilisi shahrida o‘tkazilayotgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.

Tecno

Biroz avval -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Murodjon Yo‘ldoshev bronza medali uchun kechgan bellashuvda moldovalik Petru Pelivanni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Yo‘ldoshev bronza medali bilan birga qimmatli 500 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi. Bu Murodjonning "Katta Dubulg‘a" turniridagi birinchi medali bo‘ldi.

Shuningdek, -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan birinchi raqamli dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboev ozarbayjonlik Zelim Tkaevni mag‘lubiyatga uchratib, Tbilisi "Katta Dubulg‘a" turniri bronza medali sohibiga aylandi. Sharofiddin shuningdek, qimmatli 500 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi kungi bahslarni 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Ertaga og‘ir vazn toifasidagi dzyudochilarimizdan ham medallar kutib qolamiz.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!