
Dzyudo. O‘zbekiston chempionatining ikkinchi kuni ham kutilmagan natijalar bilan esda qoldi
Poytaxtimiz mezbonligida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha kattalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari ham ortda qoldi.
Ikkinchi kungi bahslarda ham 5 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. «Yunusobod» sport majmuasida o‘tkazilayotgan mavsumning so‘nggi musobaqasining bugungi bellashuvlarida ham kutilmagan natijalar qayd etildi. -73 kg vazn toifasidagi birinchi raqamli dzyudochimiz Hikmatulloh To‘raev kutilmaganda saralash bosqichidayoq mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu vaznda Shahram Ahadov O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
-81 kg vaznda kutilganidek Sharofiddin Boltaboev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning finaldagi raqibi Ma’ruf Hidirov ma’lum sabablarga ko‘ra final bahsida ishtirok eta olmadi. -90 kg vazn toifasidagi bahslar ham ancha shiddatli kechdi. Oltin medal uchun kechgan murosasiz bellashuvda surxondaryolik Shermuhammad Jandreev poytaxti viloyati vakili Doston Meylievdan ustun keldi.
Bugunning barcha g‘olib va sovrindorlari:
ERKAKLAR
-73 kg vazn toifasi
1. Shahram Ahadov (Buxoro)
2. Murodjon Yo‘ldoshev (Surxondaryo)
3. Vagif Ibadov (Samarqand)
3. Obidxon Nomonov (Namangan)
-81 kg vazn toifasi
1. Sharofiddin Boltaboev (Qoraqalpog‘iston)
2. Ma’ruf Hidirov (Toshkent shahri)
3. Ramazon Allaberdiev (Surxondaryo)
3. Ulug‘bek O‘roqov (Toshkent shahri)
-90 kg vazn toifasi
1. Shermuhammad Jandreev (Surxondaryo)
2. Doston Meyliev (Toshkent viloyati)
3. Jaloliddin Qurbonmurodov (Qashqadaryo)
3. Bahodir Panjiev (Surxondaryo)
AYoLLAR
-63 kg vazn toifasi
1. Sevinch Isoqova (Jizzax)
2. Mamlakat Sultonova (Xorazm)
3. Marjona Nurillaeva (Samarqand)
3. Laylo Yo‘ldosheva (Xorazm)
-70 kg vazn toifasi
1. Shohista Nazarova (Surxondaryo)
2. Nodira Yo‘ldosheva (Toshkent shahri)
3. Ravshaxon Adasheva (Toshkent shahri)
3. Farangiz Hojieva (Xorazm)
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar