Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo. Qizlarimiz Saudiyadagi musobaqada 10 ta medal qo‘lga kiritishdi, 8 tasi oltin!

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Ar-Riyod shahrida klublar o‘rtasida "Qirollik Ochiq chempionati" o‘tkazildi

Poytaxt Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni Sport vazirligi hamda mamlakat dzyudo federatsiyasi tomonidan klublar oʻrtasida "Qirollik Ochiq chempionati" oʻtkazildi. 

Unda Jamshid Xudoyberganov murabbiyligidagi ayollar terma jamoamiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Yoshlar va kattalar oʻrtasidagi bellashuvlarda qizlarimiz jami 10 ta medal (8 ta oltin, 2 ta kumush) qoʻlga kiritishdi. 

Quvonarlisi, musobaqada qatnashgan qizlarimizning bari shohsupaga koʻtarilgan.

Gʻolib va sovrindorlarimiz (Yoshlar):

Oltin medallar:
-48 kg: Mahfira Roʻziboyeva
-57 kg: Mohinur Allabergenova 
-70 kg: Nigina Saparbayeva
-78 kg: Shoira Aminova

Kumush medal:
-63 kg: Gulgʻuncha Kўklamova 

Gʻolib va sovrindorlarimiz (Kattalar):

Oltin medallar:
-48 kg: Halima Qurbonova  
-63 kg: Sarvinoz Husanova 
-70 kg: Shohista Nazarova
+78 kg: Fotima Kuranbayeva

Kumush medal:
-70 kg: Farangiz Xajiyeva

Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q