Dzyudochilarimiz Qozog‘istondagi xalqaro yig‘inda ishtirok etishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida dzyudo bo‘yicha xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy terma jamoa vakillaridan tashqari O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoasi vakillari ham ishtirok etdilar, deyiladi MOQ bergan ma’lumotda. 

19-27 mart kunlari o‘tkazilgan mazkur yig‘in Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi oldindagi yirik musobaqalarga o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini ham o‘tab berdi.

“BIIK” sport bazasida tashkil qilingan mazkur yig‘in dzyudochilar uchun juda ham foydali. Bu orqali terma jamoalar tajriba orttiribgina qolmasdan, o‘z imkoniyatlarini yana bir karra sinovdan o‘tkazib olishdi”, – dedi Qozog‘iston terma jamoasi murabbiyi Aydin Smagulov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!