YECHL 7-tur. “Liverpul” safarda “Marsel”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

  • 22.01.2026 02:57
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Yevropa Chempionlar ligasining 7-turidan o‘rin olgan “Marsel” va “Liverpul” uchrashuvi yakuniga yetdi. Bellashuvda “qizillar” 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning birinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan birinchi daqiqada Dominik Soboslai jarima zarbasini ideal tarzda amalga oshirib uchrashuvda hisobni ochdi. 72-daqiqada Jeremi Frimpong qanotdan yorib kirib to‘pni sheriklariga uzatgan edi, biroq top raqib darvozaboniga tegib darvozadan joy oldi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 3-daqiqada Kodi Gakpo gol urib hisobni yiriklashtirdi. O‘yin yakuniga qadar boshqa gol urilmadi va mersisaydliklar o‘z hisoblariga 3 ochko yozdirib qo‘ydi.

  • Europe - UEFA Chempionlar ligasi
  • League Stage
44.png

Olimpik Marsel

Tugadi
0 : 3

22.01.2026 01:00

8.png

Liverpul

  • Dominik Szoboszlai 45'
  • Gerónimo Rulli 72'
  • Cody Gakpo 90'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!