Asosiy mazmunga oʻtish

ECHL 7-tur. Qo‘shnilarimiz o‘z uyida “Bryugge” tomonidan tor-mor etildi

Улуғбек Хошимов
Izohlar: 0

Uchrashuv yakunlandi.

Yevropa Chempionlar ligasining umumiy guruh bosqichining 7-turida Qozog‘istonning “Qayrat” klubi o‘z maydonida Belgiya ning &ldquoBryugge” jamoasini qabul qilib, yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. O‘yning 32-daqiqasida Skankovich gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib belgililar yetakchisi Vanaken oradagi farqni ikkita oshirdi. 74-va 78-daqiqalarda Vermand va Mechelening gollari hisobni 0:4 ko‘rinishiga keltirdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 2-daqiqada “Qayrat” futbolchisi Sadibekov hisobni bitta qisqartirdi. O‘yin yakunigacha tabloda hisob o‘zgar madi va “Bryugge” o‘z hisobiga 3 ochko qo‘shib qo‘ydi.

Champions League
Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q