EChL. Aller Xolanddan keyingi eng yaxshi natija sohibiga aylandi
Sebastyan Aller EChLda 13 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi.
"Borussiya" Dortmund hujumchisi Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan ilk uchrashuvda (1:2) "Atletiko" darvozasini ishg‘ol qildi.
Ivuarlik futbolchi ushbu turnirdagi 13-uchrashuvida 12-golini urdi. Faqat Erling Xoland mazkur ko‘rsatkichga undan tezroq erishgan (10 ta o‘yinda). Simone Inzagi uchun ham xuddi Aller kabi 13 ta bahs kerak bo‘lgan.

Fikrlar