ECHL. "Atalanta" "Borussiya Dortmund"ni mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi
"Atalanta" Chempionlar ligasi pley-off javob uchrashuvida "Borussiya Dortmund"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Hisob 5-daqiqada Janluka Skamakka tomonidan ochildi. 45-daqiqada Davide Zappakosta jamoasining ikkinchi golini kiritdi. 57-daqiqada Mario Paşaliç hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
75-daqiqada Karim Adeyemi mehmonlar nomidan bitta to‘p kiritdi.
97-daqiqada esa Lazar Samardjich penaltiidan aniq zarba yo‘llab, hisobni 4:1 ko‘rinishiga yetkazdi. Undan oldin jarima maydonidagi qoidabuzarlik uchun Rami Bensebayni maydondan chetlatildi. Zaxirada qolgan Niko Şlotterbek esa xatti-harakatlari uchun qizil kartochka oldi.
Shu tariqa bergamoliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 umumiy hisobda g‘alaba qozonib, musobaqaning 1/8 finaliga yo‘l oldi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- Knockout Round Play-offs
Atalanta
- Gianluca Scamacca 5'
- Davide Zappacosta 45'
- Lazar Samardžić 90'
- Mario Pašalić 57'
25.02.2026 22:45
Borussiya D
- Karim Adeyemi 75'
Fikrlar