EChL. "Borussiya" - PSJ o‘yinini angliyalik hakam boshqarib boradi

  • 29 aprel, 2024, 14:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1 may kuni tungi soat 00:00 da Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida "Borussiya" - PSJ uchrashuvi start oladi. Mazkur o‘yinni qaysi hakam boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi. 

Unga ko‘ra, angliyalik referi Entoni Teylor bellashuv bosh hakami etib tayinlandi. Unga qanotlarda Gari Besvik va Adam Nunn assistentlik qiladi. To‘rtinchi hakam sifatida Espen Eskash nomi qayd etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, "Borussiya" chorak finalda "Atletiko"ni mag‘lub etgan bo‘lsa, PSJ bu bosqichda "Barselona"dan ustun kelgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!