EChL. Bugun finalga chiqqan ikkinchi klub nomi ma’lum bo‘ladi

  • 04.05.2022 10:12
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Bugun Evropa Chempionlar ligasi ikkinchi yarim finalining javob bahsi o‘tkaziladi.

Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yinda "Real" "Manchester Siti"ni mehmon qiladi. Katta qiziqishlarga sabab bo‘layotgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan. Finalga chiqqan jamoani "Liverpul" kutib turibdi.

Tomonlarning Manchester shahrida o‘tgan dastlabki qarama-qarshiligida "shaharliklar" 4:3 hisobida zafar quchgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!