
EChL. G‘alaba goli muallifi javob bahsini o‘tkazib yuboradi
"Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen PSJga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob bahsini sariq kartochkalar ko‘payib ketganligi bois o‘tkazib yuboradi.
Daniyalik futbolchi "Napoli" va PSJga qarshi uchrashuvlarda olgan kartochkalari tufayli diskvalifikatsiya qilindi va Kataloniyada bo‘ladigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Qayd etish lozim, kecha "Barselona" "Park de Prens"da PSJni 3:2 hisobida taslim etdi. "Ko‘k-anorranglilar"ning uchinchi va g‘alaba golini aynan Kristensen kiritdi.
Fikrlar