EChL. Husanov 65 daqiqa harakat qilgan bahsda "Manchester Siti" "Bayer"ga imkoniyatni boy berdi
UEFA Chempionlar ligasining 5-turidan o‘rin olgan bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" o‘z uyida Germaniyaning "Bayer" klubini qabul qilib, 2:0 hisobida alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi. Hamyurtimiz va terma jamoamiz a’zosi hisoblangan Abduqodir Husanov bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, 65 daqiqa harakat qildi.
Birinchi bo‘limning 23-daqiqasida Alexandro Grimaldo himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib, o‘yindagi hisobni ochdi. 54-daqiqada esa Patrik Shik farqni 2 taga etkazib, jamoasi muhim g‘alabani qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shdi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- League Stage
Manchester Siti
Tugadi
0
:
2
26.11.2025 01:00
Bayer 04
- Alejandro Grimaldo 23'
- Patrik Schick 54'
Fikrlar