
EChL. "Inter" irodali tarzda g‘alaba qozondi
EChL 3-tur bahsi "Inter" - "Zaltsburg" uchrashuvi mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 19-daqiqada Sanches hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqada Oskar imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay Chalxanoglu penaltinidan gol urib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.
Shu tariqa, milanliklar guruhida 1-o‘ringa chiqib oldi. "Zaltsburg" esa 3-pog‘onada.
Fikrlar