
EChL. Javob uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ma’lum (foto)
Bugun tunda Evropa chempionlar ligasining chorak finalning ikkita javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, "Bavariya" va "Real" yarim final yo‘llanmasini naqd qildi.
Mazkur bahslar yakuniga etgach, UEFA rasmiy sayti orqali haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlarni ma’lum qildi. To‘rttalik ro‘yxatdan Yulian Brandt ("Borussiya"), Joshua Kimmix ("Bavariya"), Usmon Dembele (PSJ) va Federiko Valverde ("Real") joy olgan.
Ularning qanday ko‘rsatkichlar qayd etganini esa quyidagi rasm orqali bilib olishingiz mumkin:
Fikrlar